Главная » 2021 » Октябрь » 31 » Yaponiyada poyezdga o‘t qo‘yib, odamlarga pichoq bilan tashlangan kishi nima uchun bunday qilganini aytdi
22:42

Yaponiyada poyezdga o‘t qo‘yib, odamlarga pichoq bilan tashlangan kishi nima uchun bunday qilganini aytdi


Avvalroq Tokioda bir erkak poyezd yo‘lovchilariga pichoq bilan hujum qilgani haqida xabar bergandik.

Yaponiya poytaxti hududida poyezdga o‘t qo‘yib, odamlarga pichoq bilan tashlangan hamda buning natijasida kamida 17 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan yigit o‘lim jazosiga hukm qilinishini xohlagani uchun bir necha kishini o‘ldirmoqchi ekanligini tan oldi.

«Men odam o‘ldirib, o‘limga hukm qilinishni xohlagandim. Agar ikki kishidan ortiq odamni o‘ldirganimda, albatta o‘limga mahkum bo‘laman deb o‘yladim», — deya Kiodo agentligi so‘roq paytida 24 yoshli Kyota Xattorining ko‘rsatmalaridan iqtibos keltirdi.

Yakshanba kuni kechqurun Tokio politsiyasi Yaponiya poytaxti hududida poyezdda pichoq bilan hamla qilgan, so‘ng yonuvchi suyuqlikni to‘kib yuborgan va uni yoqib yuborgan yigitni hibsga oldi. Vagonga xlorid kislotasi sepilgani haqida ham xabarlar tarqaldi.

Natijada bir nechta o‘rindiqlar yonib ketdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 17 kishi jabrlangan. Ulardan biri — keksa odamda hayot belgilari yo‘q.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Keyo liniyasidagi poyezd hozirda poytaxt hududidagi Tyofu shahridagi Kokuryo stansiyasida to‘xtatilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yaponiya, pichoq, poyezd, n tashlangan, o‘t qo‘yib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя