Главная » 2020 » Январь » 5 » Yaponiyada tunets balig‘i 1,8 mln dollarga sotildi
23:02

Yaponiyada tunets balig‘i 1,8 mln dollarga sotildi


Tokiodagi an'anaviy baliq auksionida 278 kglik ko‘k tunets balig‘i 193,2 mln iyenga (1,8 mln dollar) sotildi. Bu haqda NHK nashri ma`lum qildi.

Auksion an'anaviy ravishda yanvar boshida Tokio bo‘g‘ozi yaqinidagi Toyesu tumanidagi dunyodagi eng yirik baliq bozorlaridan birida o‘tkaziladi. Ushbu turdagi baliq uchun eng yuqori narxni qatorasiga ikkinchi yil Sushi Zanmai sushi restoranlari tarmog‘iga egalik qiluvchi Kiyomura kompaniyasi taklif qildi. 2018 yilda ham ushbu kompaniya ko‘k tunets uchun 333,6 mln iyen (3 mln dollar) to‘lagandi. 

Kompaniya egasi Kiyesi Kimura o‘z mijozlarini mazali tunets bilan mehmon qilish uchun pulni ayab o‘tirmaydi. Kimura ushbu auksionda muntazam ishtirok etib, eng yuqori narxlarni taklif qilib keladi. Auksionda sotilgan baliqni tutgan 57 yoshli erkakning aytishicha, bunday ovni har bir baliqchi orzu qiladi.

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi saytida ko‘rsatilishicha, ko‘k tunets yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turgan tur hisoblanadi. Ushbu turdagi katta yoshli baliq uzunligi 3 metrgacha, og‘irligi esa 680 kg.gacha yetishi mumkin.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя