Главная » 2021 » Январь » 17 » Yaponiyalik erkak «hech narsa qilmasdan pul ishlash»ning ilojini topdi
16:19

Yaponiyalik erkak «hech narsa qilmasdan pul ishlash»ning ilojini topdi


Yaponiyalik Sedzi Morimoto, 37 yoshda, u internet tarmog‘ida g‘ayrioddiy yo‘l bilan pul topadigan kishi sifatida mashhur bo‘ldi, deb yozadi The Independent nashri.

Oilali va fizika bo‘yicha diplomiga ega, u har kuni ertalab ishga borishga tayyorlanmaydi. Morimoto «hech narsa qilmasdan» pul ishlashni afzal ko‘radi.

Ikki yil oldin u ijtimoiy tarmoqqa reklama joylashtirdi:

«Men o‘zimni hech narsa qilmaydigan odam sifatida ijaraga beraman. Do‘konga yolg‘iz borishni xohlamaysizmi? Jamoada yetarlicha o‘yinchi yo‘qmi? Siz uchun joy egallaydigan odam kerakmi? Men oddiy narsalardan boshqa hech narsa qila olmayman».

Ushbu xabar darhol ko‘plab odamlarning e’tiborini tortdi va tez fursatda Morimotoning mijozlari paydo bo‘la boshladi. Dastlab, o‘z ishini bepul bajarishiga to‘g‘ri keldi. Ammo endi u o‘z xizmatlari uchun 10 000 iyena oladi - taxminan 96 dollar, shuningdek, transport vositalarida yurishi va ovqatlanishi uchun qo‘shimcha pul oladi.

Uch yil davomida «dangasa odam» 3 mingga yaqin mijozdan taklif olgan: kuniga 3-4 kishi. Morimoto turli sabablarga ko‘ra ijaraga olinadi, lekin ko‘pincha odamlar zerikkan yoki yolg‘izlikdagi kishilardan taklif tushadi. Ular Morimoto bilan ovqatlanishadi, suhbatlashadi, ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga tushishadi, bog‘da sayr qilishadi, ko‘ngillarini ochib-sochishadi va hattoki ajrashish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolashga borishadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pul ishlash, yaponiyalik, Erkak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя