Главная » 2020 » Январь » 12 » Yaponiyalik magnat pullar qanchalik baxt keltirishini bilish maqsadida 9 mln dollar tarqatmoqchi
19:55

Yaponiyalik magnat pullar qanchalik baxt keltirishini bilish maqsadida 9 mln dollar tarqatmoqchi


Yaponiyalik milliarder Yusaku Maedzava tvitterdagi obunachilari o‘rtasida “ijtimoiy tajriba” o‘tkazib, uning doirasida 9 mln dollar tarqatishga va'da berdi. Bu haqda Reutersaxborot agentligi xabar berdi.  

Tadbirkor tadqiqot o‘tkazib, uning g‘oliblariga million yyendan (9 ming dollar) bermoqchi va bu pullar ularni qanchalik “baxtiyor” qilishini bilmoqchi.

“Agar o‘z istaklarini jilovlay olmaydigan biror kishiga pul berib, unga shu tariqa hayotini o‘zgartirishga imkoniyat berilsa, nima yuz beradi? Siz hayotingizni o‘zgartira olasizmi?”, deb yozgan milliarder tvitterda.

Milliarder pullarni ming nafar obunachisiga tarqatmoqchi. G‘oliblar milliarder tomonidan tvitterda qoldirilgan xabarni retvit qiluvchi kishilar orasidan tasodifiy ravishda tanlab olinadi. Berilgan pullar ularning hayotiga qanchalik ta'sir qilayotgani muntazam o‘tkaziladigan so‘rovnomalar davomida kuzatib boriladi.
 

Tadbirkor pullarni tarqatishni mamlakat aholisiga ular ishlashi-ishlamasligidan qat'i nazar vaqti-vaqti bilan to‘lanuvchi tayanch daromad g‘oyasiga qiziqish bilan bog‘lamoqda.

44 yoshli Yusaku Maedzavaning 2017 yil may oyiga ko‘ra boyligi 3,6 mlrd dollarga baholangan va u bu ko‘rsatkich bilan Yaponiyaning eng badavlat odamlari orasida 14-o‘rinni egallaydi.  

 

2018 yil sentyabrda Maedzava Oy atrofida fazoviy kemada aylanib chiqadigan birinchi tijoriy yo‘lovchi bo‘lishi ma'lum qilingandi. U 2023 yilga belgilangan Oyga parvozni SpaceX kompaniyasining BFR raketasida amalga oshirishi ko‘zda tutilgan. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя