Главная » 2020 » Декабрь » 30 » Yaqin 10 yilda qaysi kasblar keraksizga aylanadi? Mutaxassis javob berdi
08:38

Yaqin 10 yilda qaysi kasblar keraksizga aylanadi? Mutaxassis javob berdi


SuperJob ish qidirish xizmati rahbari Aleksey Zaxarov yaqin 10 yil ichida keraksizga aylanadigan kasblar haqida gapirdi. Uning fikricha, buxgalterlar, yuk mashinalari haydovchilari va taksi haydovchilariga ehtiyoj yo‘qoladi.

Zaxarovning so‘zlariga ko‘ra, buxgalterlarga talab raqamlashtirishning o‘sishi va elektron hujjatlarga ommaviy o‘tish fonida pasaymoqda. Shuningdek, kelajakda dronlar haydovchilar o‘rnini bosishi mumkin. "Konveyerdan chiqib ketadigan barcha yangi yuk mashinalari allaqachon uchuvchisiz ishlash uchun qayta jihozlash imkoniyatini beradi yoki bunday imkoniyat barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaqin kelajakda amalga oshiriladi", – dedi mutaxassis.

Zaxarovning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yillarda chet tillari o‘qituvchilariga talab yo‘qolishi xavfi mavjud: bu ham asosan texnologiyaning rivojlanishi bilan bog‘liq. Uning so‘zlariga ko‘ra, tillarni o‘rganish ko‘pchilik uchun sevimli mashg‘ulotga aylanmoqda, shu bilan birga elektron tarjima xizmatlari samaradorligi oshmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kasblar, mutaxassis, keraksizga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя