Главная » 2020 » Июль » 9 » Yaqin 5 yilda dunyoni jazirama kutmoqda
13:05

Yaqin 5 yilda dunyoni jazirama kutmoqda


Dunyo bo‘yicha o‘rtacha yillik harorat keyingi har besh yilda XIX asrning ikkinchi yarmidagi darajadan kamida bir darajaga yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, bir yil ichida harorat oshishi 1,5 darajaga yetishi mumkin. Bu haqda Butunjahon meteorologiya tashkilotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi besh yil davomida eng issiq rekord qayd etildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, asosiy vazifa – bu asrning oxiriga qadar sanoatdan oldingi davrga nisbatan ikki darajadan ko‘proq isishning oldini olish. Tashkilot uchun maksimal maqsad uning 1,5 darajadan oshib ketishining oldini olishdir.

Xabarlarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli karbonat angidrid chiqindilarining kamayishini iqlimni normallashtirish bo‘yicha uzoq muddatli kelishilgan chora-tadbirlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. "Atmosferada CO2 uzoq vaqt bo‘lganligi sababli CO2 konsentrasiyasining pasayishiga olib kelmasligi kutilmoqda, bu global harorat ko‘tarilishining asosiy sababi ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramay, hukumatlar iqlim o‘zgarishi bo‘yicha chora-tadbirlarni tiklash dasturlariga kiritishi kerakligi aytib o‘tildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yaqin 5 yilda, jazirama, dunyoni, kutmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя