Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Yaqin kunlarda bizni kutayotgan ob-havo: eng sovuq tun va uzoq kutilgan iliqlik
16:13

Yaqin kunlarda bizni kutayotgan ob-havo: eng sovuq tun va uzoq kutilgan iliqlik


O‘zbekistonda bir nechta harorat rekordini ortda qoldirgan anomal sovuq haroratli hafta yakuniga yetmoqda.

22 noyabr kuni absolyut minimum harorat Buxoroda qayd etildi, bu yerda harorat minus 13,3˚S sovuqni tashkil qildi. Avvalroq bunday rekord 1931 yilda o‘rnatilgan edi – 11,6 ˚S. Shuningdek eng sovuq kun 22 noyabr kuni Navoiyda ham qayd etildi (13,0˚S sovuq), Urganchda rekord takrorlandi (18,1˚S sovuq).

O‘zgidrometdan xabar berishlaricha, O‘zbekistonda noyabr oyining so‘nggi dekadasi uchun bunday sovuq xos emas. Ammo meteokuzatuvlarning tarixida bundan ham sovuq rekordlar qayd etilgan. Bunday havo anomaliyasi 1910 va 1954 yillarda kuzatilgan, o‘shanda termometr ko‘rsatkichi minus 22 darajaga tushirgan.

Yangi hafta boshidan sovuq harorat chekina boshlaydi, havo isiydi. Yangi hafta o‘rtasida tungi sovuqlar -2 -5 ˚S chekinadi, kunduzi esa +5 +10 ˚S gacha kuzatiladi. Dekabrning dastlabki kunlarida iliq harorat hukmronlik qiladi. Yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.

Biroq aytish joizki, iliq havo kelishidan oldin bizni yana bir sinov kutmoqda. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi sovuq kuchayadi va bizni barcha davrlarning eng sovuq tuni kutadi. Xususan, Toshkentda termometr ustuni 10-12 ˚S pasayadi, 19 noyabr kuni ushbu ko‘rsatkich 8 ˚S sovuqdan tushmagan. Yakshanba esa kun isiydi  +2 ˚S gacha.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя