Главная » 2020 » Май » 12 » Yaqin orada yashash qiyinlashib ketadigan mamlakatlar nomi ma’lum qilindi
12:11

Yaqin orada yashash qiyinlashib ketadigan mamlakatlar nomi ma’lum qilindi


Amerika va Britaniya olimlari birgalikda tadqiqot o‘tkazishib, qaysi mamlakatlarda ekologik vaziyat yomonlashishi natijasida yashash qiyinlashib ketishini aniqladilar.

Ma’lum bo‘lishicha, sayyoramizda odamlar juda og‘ir va ekstremal sharoitda istiqomat qilishga to‘g‘ri kelayotgan joylar allaqachon paydo bo‘lgan.

Mutaxassislar dunyoning interaktiv xaritasini ishlab chiqdi. Unda har bir mintaqa uchun haroratning maksimal kombinasiyasi va namlik nisbati aks ettirildi. Ushbu ko‘rsatkich inson organizmiga tushayotgan iqlim og‘irligini o‘zida aks etadi. Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida e’lon qilindi.

“Bundan avval biz bir necha o‘n yildan keyin nima yuz berishini bashorat qilgan edik, biroq endi ko‘ryapmizki, hozirdanoq katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda”, deydi Kolumbiya universiteti ilmiy xodimi, mazkur maqolaning muallifi Kolin Reymond.

Tadqiqot mualliflarining e’tibor berishicha, ekstremal harorat va namlikning nisbati ular kuzatuvni olib borgan vaqt mobaynida ikki barobarga ortgan.

Olimlar tuzgan jadvalda iqlim o‘zgarishlari natijasida odamlarning yashashi qiyin bo‘lib ketadigan joylar va mamlakatlar ro‘yxati qo‘yidagicha keltirilgan:

1. Fors va Meksika ko‘rfazi sohillariga yaqin joylar, Hind okeani sohillari

2. Hindiston, Bangladesh va Pokistonning katta qismi.

3. Qizil dengiz sohillarida hamda Kaliforniyada.

4. Janubi-Sharqiy Osiyo, janubiy Xitoy, subtropik Afrika hududlarining bir qismida.

5. Karib havzasi hududida.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Mamlakatlar, Nomi, ma’lum qilindi, yashash, qiyinlashib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя