Главная » 2021 » Апрель » 20 » Yaqin oylarda pandemiyani nazoratga olish mumkin – JSST
12:04

Yaqin oylarda pandemiyani nazoratga olish mumkin – JSST


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus yaqin kelajakda koronavirus pandemiyasini oldini olish mumkin deb hisoblaydi.  

"Ushbu pandemiyani bir necha oy ichida nazorat ostiga olish uchun bizda vositalar yetarli. Faqat biz ularni doimiy va mutanosib ravishda qo‘llay olishimiz kerak", degan JSST rahbari. 

Shu bilan birga, u butun dunyo bo‘ylab 25-59 yoshdagi odamlar orasida COVID-19 tarqalishining tezligidan xavotir bildirgan. 

JSSTning yetakchi epidemiologi Mariya van Kerkxov koronavirus bilan kasallanganlar soni barcha yosh guruhlarida ko‘payganini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkichlar ilgari yuqori darajada kuzatilmagan. 

Epidemiologga ko‘ra, ayrim mamlakatlarda koronavirus yuqtirishga moyil bo‘lgan yosh guruhlari chegaralari o‘zgarib bormoqda. U bunga ijtimoiy aloqalar sabab bo‘lgan deb hisoblaydi. 

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasining 141 milliondan ortiq holati aniqlangan. 3 milliondan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: nazoratga, JSST, pandemiyani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя