Главная » 2017 » Июль » 19 » Yaqindagina ota bo‘lgan Ronaldu tez orada yana farzand ko‘radi
11:00

Yaqindagina ota bo‘lgan Ronaldu tez orada yana farzand ko‘radi


Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu yaqinda egizak farzandlarning otasi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Ammo Ibisa orolida yozgi ta’tilni o‘tkazayotgan 32 yoshli futbolchining sevgilisi Jorjina Rodrigesning tarmoqlarda tarqalgan so‘nggi fotosuratlarida uning homilador ekani sezilib qolgandi.

Shundan so‘ng Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodrigesning homilador ekani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

“Albatta, bundan juda ham xursandman. Yana bir marta otalik baxtiga ega bo‘lish meni yanada kuchli bo‘lishga undaydi”, dedi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Ronalduning kichik Krishtianu, Yeva va Mateo ismli farzandlari bor. Ularning barchasi surrogat onadan tug‘ilgan.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ronaldu, tez orada, farzand ko‘radi, yana | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя