22:03 Yaqinlaridan rizolik so‘ragan ayol koronavirusga chalinganlar haqida gapirdimi? SSV izoh berdi | |
Ijtimoiy tarmoqlardao‘zini tibbiyot xodimi ekanini aytgan va kiyimlari ham shunday ekanidan darak beruvchi ayolning murojaati aks etgan qisqa video tarqaldi. O‘zini tanishtirmagan ayol “bemorlar ahvoli og‘irligi”ni aytib, yaqinlariga “rozilik so‘rash” ma’nosida yig‘lab gapirgan.
Ayolning gaplaridan barchaning hayoliga birinchi bo‘lib koronavirusga chalingan bemorlar keladi. Ammo bunday deyish unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Chunki COVID-19 koronavirusiga chalinganlarni davolovchilarning maxsus formasi boshqacha bo‘ladi. Mazkur videoga izoh olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayev bilan bog‘landik. U bizga holatga aniqlik kiritish bo‘yicha tekshiruv ketayotganini aytib, quyidagilarni ma’lum qildi:
Qayd etish kerakki, Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun, 25 mart holatiga umumiy bemorlar soni 56 nafar ekani, ulardan 4 nafari og‘ir ahvoldaligi, ammo o‘ta og‘ir ahvolda emasligini bildirgandi. Ammo bu tushunchalar o‘zaro farqli.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|