Главная » 2017 » Июнь » 26 » Yarim odam, yarim qo‘zi qishloq ahlini vahimaga solmoqda
18:07

Yarim odam, yarim qo‘zi qishloq ahlini vahimaga solmoqda


Janubiy Afrikaning Ledi-Frer qishlog‘ida g‘ayrioddiy qo‘zi tug‘ildi. Ko‘rinishi insonni eslatuvchi bu jonzod mahalliy aholini ham dahshatga soldi, ham hayratlantirdi. Bu haqda “IOL” agentligi xabar tarqatdi.

Qishloq ahli orasida “yarim odam, yarim qo‘zi” nomini olgan jonivor shu haftada dunyoga kelgan. Vahima ortib, aholi o‘rtasida turli gap-so‘zlar tarqalganidan so‘ng, veterinariya xizmati rahbari qo‘zini ko‘zdan kechirish uchun keldi.

Mutaxassis qo‘zi haqiqattan ham tashqi ko‘rinishidan odamni eslatsa-da, insoniyatga aloqasi yo‘q ekanini ma’lum qildi. “Qo‘y homiladorlik vaqtining boshida Rift-Valli virusiga chalingan. Infeksiya sababli qo‘zining rivojlanishiga putur yetgan”, dedi veterinar.

Uning aytishicha, qo‘y 28 juft xromosomaga ega, inson esa 23 juft xromosomaga ega. Shu sabab ham qo‘y va qo‘zi hamda insoniyat o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin emas.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yarim qo‘zi, Yarim odam, vahimaga solmoqda, qishloq ahli | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя