Главная » 2021 » Февраль » 17 » Yarim tunda singlisini begona mashinada ko‘rgan aka haydovchini o‘ldirib qo‘ydi
23:06

Yarim tunda singlisini begona mashinada ko‘rgan aka haydovchini o‘ldirib qo‘ydi


Xorazm viloyatining Shovot tumani Guliston MFY hududida 2021-yil 15-fevral kuni soat 03:30 larda 30 yoshli Davlatyor D. singlisi «Damas» rusumli avtomashinadan tushganini ko‘rib qoladi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, aka ularning yoniga borib haydovchi 36 yoshli Xursandbek Q. bilan janjallashib ketadi va yog‘och bo‘lagi bilan bosh qismiga urib tan jarohati yetkazadi. Natijada Xursandbek Q. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan Shovot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Davlatyor D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «D» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: haydovchini, mashinada, singlisini, Begona, o‘ldirib qo‘ydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя