Главная » 2020 » Сентябрь » 6 » Yashirin kamerani smartfon yordamida qanday topish mumkinligi ma'lum qilindi
19:20

Yashirin kamerani smartfon yordamida qanday topish mumkinligi ma'lum qilindi


Yashirin kameralar odatda qo‘l yetmas, ilg‘ash qiyin bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Biroq uni umuman ilg‘anmaydigan qilib o‘rnatishning iloji yo‘q.

“Sinergiya” universiteti mutaxassisi Roman Soldatenkovning ta'kidlashicha, yashirin kamerani smartfondagi kamera va fonarcha yordamida aniqlash mumkin. 

Smartfonda kamera va fonarcha yoqilgach, yashirin kamera bor-yo‘qligi tekshiriladigan xonani imkoni boricha qorong‘ilashtirish va uni bir chekkadan tekshirib chiqish lozim. Bunda ayniqsa shiftlarni, rozetka o‘rnatilgan devorlarni sinchkovlik bilan tekshirish lozim.

Agar xonada yashirin kamera o‘rnatilgan bo‘lsa, unda smartfon ekranida shu'lani (blik) ko‘rish mumkin bo‘ladi. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, smartfonda fonarcha bo‘lmasa, unda oddiy fonardan foydalanib, uni smartfon kamerasi yo‘nalgan tomonga yo‘naltirish lozim.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: smartfon, ma'lum qilindi, yordamida, qanday topish, Yashirin kamerani, mumkinligi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя