Главная » 2021 » Май » 4 » Yelizaveta II foydalangan Bentley Mulsanne avtomobili sotuvga qo‘yildi
11:10

Yelizaveta II foydalangan Bentley Mulsanne avtomobili sotuvga qo‘yildi


Buyuk Britaniyalik avtomobil sotuvchisi qirolicha Yelizaveta II ni olib yurgan Bentley Mulsanne avtomashinasini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda "Bramley Motor Car" avtokompaniyasiga asoslanib xabar berilgan. 

Xabarga ko‘ra, mashina deyarli 180 ming funt sterlingga baholanmoqda. 

Angliya qirolichasi hashamatli sedan xizmatlaridan 2013 yildan 2015 yilgacha kichik sayohatlar uchun foydalangan. Mashina bosib o‘tgan masofa 4010 kilometrni tashkil etadi. 

Yelizaveta II unda yurishni to‘xtatgandan so‘ng, Mulsanne sotuvchiga jo‘natilgan va olti yil davomida omborda turgan. 

Qirollik sedani ushbu modelning standart vakilidan radiator panjarasi ostidagi stroboskop va oldingi o‘rindiqlar orqasiga o‘rnatilgan shpondan yasalgan stollari bilan ajralib turadi. 

Ma’lumot o‘rnida, qirolicha Yelizaveta II o‘zining Land Rover Defender va Jaguar avtomobillarini haydashni yaxshi ko‘rgan. 2019 yil 92 yoshida u boshqa mashina haydamaslikka qaror qilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: avtomobili, II, Mulsanne, Yelizaveta, Bentley, sotuvga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя