Главная » 2020 » Апрель » 6 » Yelizaveta II murojaat vaqtida kiygan libosida qanday ma’no yashirin?
20:38

Yelizaveta II murojaat vaqtida kiygan libosida qanday ma’no yashirin?


Avvalorq, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirus pandemiyasi sabab britaniyaliklarga murojaat qilib chiqqan edi. Ekspertlar ushbu murojaat vaqtida qirolicha engnidagi kiyimda qanday ma’nolar yashiringani haqida ma’lum qilishdi.

Qirolicha efir paytida yorqin firuza-yashil libos kiygan edi. "Styled By Susie" veb-sayt asoschisi Syuzi Xaslerning so‘zlariga ko‘ra, qirolicha bunday kiyimlarni tanlaganligi bejiz emas. 

"Bu tinchlantiruvchi rang, umid va shifo timsolidir. Aynan mana shu mushkul damlarda hammamizga aynan ushbu narsalar zarur. Shu tarzda, u o‘z fuqarolarining kayfiyati haqida qayg‘urayotganini ko‘rsatdi", deb tushuntirdi Xasler.

Bundan tashqari, moda mutaxassisining fikricha, qirolicha Buyuk Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmati shifokorlari bilan bir xil rangdagi bilan birdamligini bildirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus bilan bog‘liq 48 451 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 229 nafari sog‘aygan, 4 943 nafari esa vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя