Главная » 2020 » Март » 25 » Yelizaveta II ning o‘g‘li koronavirusga chalindi
16:51

Yelizaveta II ning o‘g‘li koronavirusga chalindi


Bugun, 25 mart kuni Buyuk Britaniya qirolligi taxt vorisi shahzoda Charlzda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

“Shahzoda Charlzning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berdi. Unda yengil alomatlar kuzatildi, Boshqa tomondan u sog‘lom va so‘nggi kunlarda odatdagidek uydan ishlayotgandi”, deyiladi qirollik saroyi axborotida.

Shahzodaning turmush o‘rtog‘i gersoginya Kornuolla ham koronavirusga test topshirgan, natija salbiy bo‘lgan. Hukumat va shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, shahzoda va gersoginya Shotlandiyadagi uyida izolyatsiya qilingan.

Qayd etilishicha, shahzodaning omma oldidagi vazifalari ko‘pligidan u virusni qayerda yuqtirib olganini aniqlashning imkoni yo‘q.

Ma’lumot uchun, 71 yoshli Uels shahzodasi Charlz Filipp Artur Jorj Qirolicha Yelizaveta II ning to‘ng‘ich o‘g‘li va Birlashgan Qirollikning taxt vorisi hisoblanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя