Главная » 2021 » Март » 15 » Yerda hayot tugaydigan yil
18:38

Yerda hayot tugaydigan yil


Yaponiyaning Toxo universiteti olimlari NASA bilan birgalikda Yerda hayot qachon tugashi mumkinligini hisoblab chiqishdi.

Aniqlanishicha, Quyosh faolligi natijasida sayyoramiz 1 000 002 021 yilga borib hayot uchun yaroqsiz holatga keladi. Quyosh faolligining o‘zgarishlar sur’ati va Yer harorati bo‘yicha ma’lumotlar asosida shunday xulosaga kelingan.

«Yana 1 milliard yildan so‘ng Yerda kislorod tugamasligi uchun hozir bir chora ko‘rishga ojizmiz», — deyiladi olimlar bergan bayonotda.

Yana bir milliard yildan so‘ng sayyoramizda faqat ma’lum bir bakteriyalar qoladi. Qarib borayotgan Quyosh tobora ko‘proq radiatsiya tarqatishi oqibatida yuzaga kelgan kuchli nurlanish barcha jonlilarni halokatga duchor etadi. Quyoshning kuchli nurlari kislordni kuydirib yuborishi oqibatida, uning miqdori juda kamayib ketadi, deyiladi tadqiqotda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя