Главная » 2021 » Май » 4 » Yerga Xitoyning nazorati yo‘qotilgan fazoviy raketasi qulamoqda
22:05

Yerga Xitoyning nazorati yo‘qotilgan fazoviy raketasi qulamoqda


Yerga Xitoyning nazorati yo‘qotilgan 21 tonnalik «Chanchjen-5» fazoviy raketasi qulamoqda. Astrofiziklarning ta'kidlashicha, raketa qayerga tushishini oldindan aytish ilojsiz.

U biror bir aholi punktiga tushishi ham ehtimoldan xoli emas. Raketa aprel oxirida orbitaga Xitoyning birinchi koinot stansiyasi – «Tyanxe»ning asosiy modulini yetkazgandi. Endilikda raketaning markaziy moduli Yer atrofida 27,6 ming km/soat tezlik bilan erkin aylanib, tobora pastlamoqda.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, qurilma Yerga 8 maydan 12 maygacha oraliqda tushishi mumkin. Biroq uning Yer bilan aniq to‘qnashish vaqtini bundan 6 soat oldingina aytish mumkin bo‘ladi.

«Eng yomon vaziyatda bu kichik samolyotning qulashidek bo‘ladi. Uning bo‘laklari yuzlab kilometrlarga sochilib ketishi mumkin», deb aytgan Garvard-Smitson astrofizika markazi mutaxassisi Jonatan Makdauell.

Uning ta'kidlashicha, raketa atmosferaning zich qatlamlariga qaytganidan keyin uning qanday qismlari qolishi noma'lum, biroq ular «ziyon yetkazish uchun yetarli bo‘ladi».


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: raketasi, qulamoqda, Yerga, Xitoyning, fazoviy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя