Главная » 2020 » Июль » 10 » Yevropa Chempionlar Ligasi final bahslariga qur’a tashlandi
18:26

Yevropa Chempionlar Ligasi final bahslariga qur’a tashlandi


Shveysariyaning Non shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining 1/4 va 1/2 final bosqichlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UEFA rasmiy saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra, chorak final juftliklari:

Chorak final

1-juftlik: “Real Madrid” / “Manchester Siti” — “Lion” / “Yuventus”

2-juftlik: “RB Leypsig” — “Atletiko Madrid”

3-juftlik: “Napoli” / “Barselona» — “Chelsi” / “Bavariya”

4-juftlik: “Atalanta” — “PSJ”

Yarim final

1-juftlik: Chorak final 1-juftlik g‘olibi — Chorak final 3-juftlik g‘olibi

2-juftik: Chorak final 2-juftlik g‘olibi — Chorak final 4-juftlik g‘olibi

Final

Final bosqichining nominal mezboni 2-yarim final juftligi g‘olibi bo‘ladi.

Hozirda chorak finalga faqat “Atalanta”, “Atletiko”, PSJ hamda “Leypsig” klublari yo‘l olgan. Qur’a natijalariga ko‘ra, final o‘yinida ushbu jamolardan biri aniq qatnashadi.

Chorak finalning qolgan ishtirokchilari 7−8 avgust kunlari o‘tkaziladigan o‘yinlardan so‘ng aniq bo‘ladi.

Quyidagi juftliklarda 1/8 finalning javob uchrashuvlari o‘tkazilmagan:

“Yuventus” — “Lion” (ilk o‘yin — 0:1)

“Manchester Siti” — “Real” (2:1)

“Bavariya” — “Chelsi” (3:0)

“Barselona” — “Napoli” (1:1)

Chorak final bahslari 12−15 avgust, yarim final o‘yinlari esa 18−19 avgust kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu bosqichlar, pandemiya sabab, bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.

Final bellashuvi esa 23 avgustga rejalashtirilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qur’a tashlandi, Yevropa, final bahslariga, Chempionlar ligasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя