Главная » 2018 » Апрель » 25 » Yevropada eng ko‘p gol urgan futbolchi kim bo‘lib turganini bilasizmi?
12:45

Yevropada eng ko‘p gol urgan futbolchi kim bo‘lib turganini bilasizmi?


Yevropada kuchli beshlik chempionatlari yakunlanish nuqtasiga yaqin qoldi. Statistika muxlislari esa ayni damda Yevropada eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turgan nomni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kecha “Liverpul” bilan “Roma”ni 5:2 hisobida mag‘lub etishga erishgan Muhammad Saloh 43 ta gol bilan amaldagi mavsumda Yevropada eng ko‘p gol urgan hujumchi bo‘lib turibdi. Bu borada Saloh Lionel Messi, Chiro Immobile va Krishtianu Ronaldudan oldinga o‘tib ketdi.

Shuningdek, Muhammad Saloh Yevropa Chempionlar Ligasida yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi o‘yinchiga aylanib oldi. Kecha “Roma” darvozasini 2 bor ishg‘ol qilgan misrlik hujumchi Yevropa Chempionlar Ligasining bir mavsumida eng ko‘p gol urgan afrikalik futbolchiga aylanib oldi.

Bunga qadar u kamerunlik Samuel Eto’O bilan rekordni bo‘lishib turgandi. Eto’O “Inter” safida 2010-2011-yilgi mavsumda 8 ta gol urgan edi. Saloh esa kecha dubl qayd etgach, amaldagi mavsumda musobaqadagi gollari sonini 10 taga yetkazib oldi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Yevropada, bilasizmi, futbolchi, eng ko‘p, turganini, bo‘lib, Kim, gol urgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя