Главная » 2017 » Июнь » 19 » Yigitali Mamajonov bo‘lajak rafiqasi haqida gapirib berdi
20:00

Yigitali Mamajonov bo‘lajak rafiqasi haqida gapirib berdi


Aktyor Yigitali Mamajonov unashtirilgani haqida xabar bergan edik.

“Daryo” nashri aktyor bilan intervyu uyushtirdi. Suhbat davomida aktyor ko‘nglidagi qizni topgani, uning shou-biznesga umuman aloqasi yo‘qligi, yaqin vaqt ichida u bilan turmush qurish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

“Menimcha, erkak kishi uylanmasdan yursa bo‘lmaydi. Menga yoqadigan, har tomonlama to‘g‘ri keladigan, ko‘nglimdagi qizni topdim.

Xudoyim bizni uchratdi — hozir birgamiz. Xudo xohlasa, to‘yimiz ham yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tadi.

Sevgan qizimning shou-biznesga umuman aloqasi yo‘q. Uni qaerda istiqomat qilishini ayta olmayman, ammo — O‘zbekistondan emas”,—deydi Yigitali.

Aktyor bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida alohida to‘xtaldi:

“Qadrdonlar bilan oilaviy o‘tirgan vaqtimiz ular ham oilaviy hordiq chiqarishayotgan ekan. Ikkita oila bir-biri bilan yaqin bo‘lib, tanishib qolib, ko‘nglimga o‘tirganligi uchun, mening prinsiplarim, xohishlarim u insonda namoyon bo‘lganligi uchun ham aynan uni tanladim. Talablarimga to‘g‘ri keladigan va talablarimni ro‘yobga chiqaradigan inson aynan u bo‘lib chiqdi”.

Eslatib o‘tamiz, aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yil noyabrida taniqli xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon bilan turmush qurgan edi.

2014 yil may oyida Yigitali va Rayhon egizak farzandli bo‘lgan. Ular farzandlariga Islom va Imron deb ism qo‘ygan edi.

2015 yil 9 yanvarida esa Rayhon ajrashish uchun ariza bergani, 2016 yil may oyida ularning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘lgan edi.

2016 yilning noyabrida xonanda Rayhon ikkinchi marta oila qurdi — u taniqli boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: gapirib berdi, bo‘lajak, Yigitali Mamajonov, haqida, rafiqa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя