Главная » 2020 » Декабрь » 10 » «Yil odami» nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi
20:39

«Yil odami» nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi


Amerikaning «Time» jurnali «Yil odami» unvoniga da’vogarlarni aniqladi. Nomzodlar ro‘yxati gazeta veb-saytida e’lon qilindi.

Mukofot mualliflari ro‘yxatga to‘rtta nomzodni kiritishdi: amerikalik siyosatchilar Donald Tramp va Jo Bayden hamda yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Entoni Fauchi. Qisqartirilgan ro‘yxatga koronavirus pandemiyasi paytida insonlar hayotini saqlab qolishga uringan tibbiyot xodimlari ham kiritilgan. G‘olib juma kuni e’lon qilinadi.

«Time» jurnali «Yil odami»ni 1927-yildan beri e’lon qilib keladi. Nashr 365 kun davomida mamlakatga va dunyoga eng katta ta’sir o‘tkazgan bir yoki bir nechta odamni tanlab oladi.

2019-yilda dunyo ekologlar harakatining yetakchilaridan biriga aylangan faol ekolog, shvetsiyalik maktab o‘quvchisi, 16 yoshli Greta Tunberg «Time» jurnalining «Yil odami» bo‘lgandi. Bir yil avval esa jurnal mualliflari mukofotni o‘z dunyo qarashlari va tekshiruvlari uchun tazyiqqa duchor bo‘lgan jurnalistlarga berishgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yil odami, da’vogarlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя