Главная » 2021 » Июнь » 22 » Yilning eng qimmat brendlari e’lon qilindi
15:11

Yilning eng qimmat brendlari e’lon qilindi


Kantar tadqiqot kompaniyasi tomonidan jahondagi eng qimmat brendlar bo‘yicha yillik reyting yangilandi. Unda Amerika kompaniyalari yetakchilik qilmoqda, lekin Xitoy brendlari jadal yuqorilab, Yevropa brendlarini quvib o‘tmoqda.

BrandZ Top 100 2021 ro‘yxatida Amazon kompaniyasi yetakchilikni qo‘ldan bermayapti – 684 milliardlik qiymati bilan u dunyodagi eng qimmat brend bo‘lishda davom etmoqda. Uning ortidan 612 milliard dollarlik Apple kelayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Google yakunlagan – 458 milliard.

Bu yilgi kuchli o‘ntalikka Xitoyning ikkita kompaniyasi kirgan: Tencent yettinchidan beshinchi pog‘onaga yuksalgan bo‘lsa, uning o‘rnini Alibaba egallagan.

So‘nggi yuzinchi pog‘onani 18 milliardga teng Colgate kompaniyasi egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, o‘n yil avval Xitoy brendlari hissasiga mazkur yuztalikning 11 foizi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 14 foizga yetgan. Yevropa brendlarining ulushi esa bu muddatda 20 foizdan 8 foizgacha kamaygan. Joriy yilda yuzta eng qimmat brendning 74 foizi AQSh kompaniyalariga to‘g‘ri kelmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: eng qimmat, Yilning, brendlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя