Главная » 2020 » Июль » 5 » Yo‘qolgan deb hisoblanilgan 16 yoshli qiz 7 kishi tomonidan zo‘rlandi
21:09

Yo‘qolgan deb hisoblanilgan 16 yoshli qiz 7 kishi tomonidan zo‘rlandi


Moskva huquq-tartibot idoralari 16 yoshli qizning yetti kishi tomonidan zo‘rlangani haqidagi bayonotini tekshirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, onasi bir necha kun oldin qizining yo‘qolganligi to‘g‘risida polisiyaga murojaat qilgan.

Qizi bilan Domodedovo shahrining chekkasida yashashishini ta’kidlagan ayolning huquq-tartibot idoralariga ma’lum qilishicha, qizi poytaxtga ketgan va bir necha kun aloqaga chiqmagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, huquq-tartibot idoralari xodimlari bedarak yo‘qolgan qizning dugonasini topishgan. U ham Moskvaga borgan, ammo qaytib kelgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dugonasi poytaxtda bir yigit bilan qolishga qaror qilganini aytgan. Shundan so‘ng xodimlar tezkorlik bilan yigitni qidirib topishgan. Ammo u ikki kundan buyon qizni ko‘rmaganligini ma’lum qilgan.

Bugun esa “REN-TV” nashrining xabar berishicha, bedarak yo‘qolgan qiz paydo bo‘lgan va stomatologiya binosiga yugurib kelib, unga yetti kishi hujum qilib, zo‘rlanganini aytib, polisiya chaqirishlarini so‘ragan.

Guvohlarning xabar berishicha, stomatologiya binosi yugurib kirganida qizning tanasida ko‘karishlar hamda tirnalishlar bo‘lgan.

Tergov ishlari davom etmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yo‘qolgan deb hisoblanilgan, 7 kishi tomonidan, zo‘rlandi, 16 yoshli qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя