Главная » 2020 » Март » 23 » Yolg‘on Eronga qimmatga tushdi – 220 ga yaqin odam zaharlanish qurboni bo‘ldi
13:25

Yolg‘on Eronga qimmatga tushdi – 220 ga yaqin odam zaharlanish qurboni bo‘ldi


Eronda 219 nafar odam alkogol ichimlikdan zaharlanib halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular spirtli ichimliklar koronavirusni davolaydi degan mish-mishlarga ishongan. Bu haqda bugun, 23 mart kuni mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Tasdiqlangan xabarlarga ko‘ra, Sharqiy Ozarboyjon provinsiyasida 230 kishi alkogoldan zaharlangan, ulardan 20 nafari vafot etgan.

Alborz provinsiyasida 20,  Huzeston provinsiyasida esa 63, Fors provinsiyasida esa 66 nafar odam spirtli ichimliklardan zaharlanish oqibatida olamdan o‘tgan. 

Alborz provinsiyasining Kerej shahri prokurorining aytishicha, zaharlanishga ijtimoiy tarmoqlarda alkogol koronavirusni yengadi degan yolg‘on ma’lumotlar sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda Eronda, xususan, Fors provinsiyasida 50 ming litr spirtli ichimliklar musodara qilingan. Shu bilan birga qalbaki mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hibsga olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 21638 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 7913 kishi shifo topgan bo‘lsa, 1685 bemor hayotdan ko‘z yumgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя