Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Yomon xotiralarni unutishning 12 usuli
13:25

Yomon xotiralarni unutishning 12 usuli


Odamzotning ajoyib fe’li bor: yuragiga ozor bersa-da, asablarini taranglashtirsa-da, o‘tgan kunlardagi ko‘ngilsizliklarni xotiralari qatida asrab yuradi. To‘g‘ri, «O‘tgani o‘tdi, tamom, u voqeani endi eslamayman», deganingiz bilan hammasi unutilib ketmaydi. Bugun biz sizga yomon xotiralardan xalos bo‘lish shartlarini o‘rgatamiz. 
 
1.  Tanaffus e’lon qilamiz. Deylik, biror noxush hodisa yuz berdi hayotingizda. Aylanib ham, o‘rgilib ham uchragan kishiga shu voqeani dardiringizni to‘kish maqsadida aytaversangiz, uning xotirangizda mustahkam o‘rnashishi uchun zamin yaratasiz, xolos. Demak, diydiyo qilishni to‘xtatib, biroz tin oling. Xafagarchiligingiz, g‘azabingiz ko‘nglingizni tark etishiga imkon bering. 

2.  Kuting va kuzating. Xo‘sh, endi nima bo‘larkan? Siz baxtsizlik sanayotgan vaziyatni ayni paytdagi kayfiyatingiz bilan to‘g‘irlay olishingiz dargumon. Yaxshisi, ruhshunoslar maslahatiga quloq soling-da, shoshma-shosharlik qilmasdan, to nafasingizni rostlab olguningizcha hammasini vaqtning oqimiga qo‘yib bering.  

3.  Aybdorni izlashni to‘xtating. Biz doim qandaydir noxushlik yuz bersa, uni tahlil qilish barobarida yo aybdorni izlaymiz, yo o‘zimizni ayblay boshlaymiz. Oqibatda yanada qiynalamiz. Yo‘q, bunaqasi ketmaydi. Shunaqa bo‘lishi kerak ekan, shunday bo‘ldi, deya muammongizdan chiqish yo‘llarini izlang. Yana bir marta eslatamiz, aybdornimas!

4.  Eng katta muammongiz nima? Avvalo shunga aniqlik kiriting. Chunki ayni shu muammongiz butun hislaringizni boshqarayapti. Demak, yomon xotiralar iskanjasidan qutulish uchun harakat qilishingiz shart. Masalan, piyoda sayr qilish, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish sizga xotirjamlik bag‘ishlab, butun vujudingiz va ruhiyatingizni qamrab olgan g‘azabdan xalos bo‘lishingizga yordam beradi. 

5.  Yangi ishnig boshini tuting. Qachonki biz yangi nimadir o‘rganishga kirishsak, butun o‘y-xayolimiz shu mashg‘ulot bilan band bo‘ladi. Natijada, yomon voqealarni o‘ylash uchun vaqtimiz ham qolmaydi. Demak, bugundan boshlaymiz — xorijiy til o‘rganish, biror o‘quv darslariga yozilish, surat chizish mashg‘ulotlariga qatnashish, ehhe, bir dunyo takliflar bor!

6.  Maktub yozamiz! Kimdan nima uchun xafasiz? Qo‘linigzga qog‘oz oling va xat yozing. Hatto o‘tmishingizga ham bemalol maktub bitishingiz mumkin. Sizni qiynayotgan barcha tuyg‘ularni qog‘ozga tushirng va uni maydalab tashlang. Aslo asrab yurmang, bo‘lmasa, har o‘qiganingizda ko‘ngilsizliklarni eslayverasiz. 

7.  Unutmang, hislaringiz aniq fakt emas! Ular mudom o‘zgarib turadi. Stress, xalovatsizlik, bosim, qo‘rquv butun tanamizni mahv etadi, qachonki o‘ylarimizni aniq fakt deb qabul qilsak. Real voqea va siznnig o‘ylaringiz o‘rtasida osmon bilan yercha farq bo‘lishi mumkinligini yodda tuting. 

8.  Tajriba orttiring. Hayot, bu — maktab. Biz esa o‘quvchimiz. “A’lo” baholar olish uchun esa har bir «ikki»mizdan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak. Hayotingizda yuz bergan omadsizliklar sizni bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarish uchun xizmat qilishi darkor aslida. Har bir muammoni oldinga yana bir qadam qo‘yishingiz uchun, uni yengib o‘tsangizgina, marraga yetasiz. Agar shu muammo atrofida o‘ralashib qolaversangiz, bir joyda to‘xtab turaverasiz. 

9.  O‘tmishni ortga qaytarib bo‘lmaydi! Buning yo‘lini hali hech kim topmagan. «O‘shanda men bunday qilganimda...» deya o‘zingizni azoblashni bas qiling. O‘tgan kunlar ortga qaytmaydi. Demak, xatolarni ham tuzatib bo‘lmaydi. Bugun bilan yashashni o‘rganing!

10.  Yorqin bo‘yoqlardan foydalaning. Hayotnigizdagi eng yorqin, eng quvonchli kunlarni tez-tez eslang. Do‘stlaringiz bilan ham shu haqda gaplashing. O‘shanda ko‘nglingiz og‘rigan damlar xayolingiz sarhadlaridan chiqib ketadi.

11.  Kechiring. O‘zingizni ham, dilozoringizni ham! Toki kechirmas ekansiz, qalbingizdagi yara bitmaydi. 

12.  O‘zingizni seving, ardoqlang! Axir siz yagonasiz! Sizni hech kim takrorlay olmaydi. Bu hqiqatni quloqlaringizga quyib oling. O‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz oshgani sayin yomon xotiralar ham sizni tark eta boshlaydi.


Категория: Maslaxatlar | | Теги: Yomon xotiralar, unutish | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя