Bizga Telegramda qo'shiling!

Главная » 2021 » Сентябрь » 14 » Yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi — qotillar qo‘lga olindi
09:19

Yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi — qotillar qo‘lga olindi


Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmatiga tayanib «Sirdaryo Xabarlari» xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10-sentyabr kuni soat 13:50da Mirzaobod tumani Dehqonobod MFY hududidagi dala maydoni chetidagi jing‘il butalari orasidan ayol jinsiga mansub, yoqib yuborilgan holdagi jasad topilgan. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida, noma’lum murdaning shaxsiga aniqlik kiritilib, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslar S.K. xamda uning jinoiy sheriklari L.K., S.M., V.D. va J.M.lar ekanligi aniqlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

«Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddass 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yoqib yuborilgan, jasadi, qotillar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя