Главная » 2017 » Август » 21 » Yosh bolalar qanday xaridlarni amalga oshirishi mumkin?
13:22

Yosh bolalar qanday xaridlarni amalga oshirishi mumkin?


Norma nashri 6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar qanday xaridlarni amalga oshirishi mumkinligi, qanday xaridlar esa ular uchun qonun bilan cheklanganligiga aniqlik kiritdi. Nashr ta’kidlashicha, 6 yoshdan kichik bolalar umuman hech qanday oldi-sotdini amalga oshira olmaydi, ular uchun xaridlarni ularning nomidan ota-onasi, asrab oluvchisi yoki vasiylari amalga oshirishi mumkin.

6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar mustaqil tarzda faqat quyidagi xaridlarni amalga oshira oladi:

mayda maishiy xaridlar;

notarial tasdiqni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tishni talab qilmaydigan, beg‘araz daromad olishga qaratilgan oldi-sotdilar (masalan, hadya va bepul foydalanish shartnomalari);

qonuniy vakil yoki uchinchi shaxs tomonidan ma’lum maqsadda yoki erkin sarf qilish uchun taqdim etilgan mablag‘larni ishlatish yuzasidan xaridlar.

Yuqorida tilga olingan boshqa oldi-sotdilarning barchasi 14 yoshga yetmagan bolalar uchun amal qilmaydi. Bunday oldi-sotdi bo‘yicha tomonlarning har biri ikkinchi tomonga oldi-sotdi bo‘yicha olingan narsalarning barchasini qaytarib berishi kerak.

Nashr ta’kidlashicha, bolalar tomonidan xaridlar amalga oshirilishining cheklanishi, avvalo, bemulohaza va behuda sarf-xarajatlar riskini bartaraf etish maqsadidadir.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Yosh, qanday, xaridlarni amalga oshirishi mumkin?, Bolalar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя