Главная » 2017 » Июль » 26 » Yosh yigitlardek ko‘rinishga ega qariya internet ahlini hayratga soldi
17:05

Yosh yigitlardek ko‘rinishga ega qariya internet ahlini hayratga soldi


Hozirda singapurlik “yosh yigit” model sifati faoliyat yuritmoqda. Agar siz uning haqiqiy yoshidan xabar topsangiz, qoyil qolishingiz aniq.

Dunyodagi ko‘pchilik kishilar umrboqiy yoshlik uchun borlarini berishga tayyor. Singapurlik Chuando Ten ham ana shunday insonlar toifasidan. Yaqinda Chuando Ten o‘zining 50 yoshini nishonladi. Ammo oltinchi o‘n yillikka qadam qo‘ygan qariyaning ko‘rinishi naq 25 yoshlik yigitlarnikidek.

Xo‘sh, singapurlik qariyaning yosh ko‘rinishga ega bo‘lishining siri nimada? Chuando Tenning aytishicha, u doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanadi, tongda va tunda vanna qabul qilmaydi va xaynanski nomli achchiq qalampirli tovuq (Xitoy oshxonalaridagi mashhur taom) iste’mol qiladi.

Chuando bir oz vaqt oldin xitoydagi “Yidian Zixun” yangi axboriy veb-sayti reklamasida suratga tushdi. Qolaversa, u o‘zining fotografiya yo‘nalishidagi biznesini ham samarali olib bormoqda.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yosh yigitlardek, ahlini, Internet, qariya, hayratga soldi, ko‘rinish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя