Главная » 2018 » Апрель » 4 » YouTube bosh qarorgohida otishma sodir etildi
09:21

YouTube bosh qarorgohida otishma sodir etildi


3 aprelda Kaliforniyaning San Bruno shahri polisiyasi YouTube videoxizmati bosh qarorgohida otishma sodir bo‘lgani va uning oqibatida 4 kishi yaralangani hamda bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

“Hammasi bo‘lib 4 jabrlanuvchi bor, ular o‘qotar jarohatlar bilan shifoxonaga yuborilganlar va binoda halok bo‘lgan bir kishi bor””, deb aytgan polisiya boshlig‘i Ed Barberini.

San-Fransiskodagi shifoxona vakili u yerga 3 kishi yetkazilganini ma’lum qilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, otishmani ayol kishi sodir etgan va u bir o‘zi bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, ayol o‘lgan.

Ayolning shaxsi o‘rnatilmagan. Guvohlarning aytishicha, u qora rangdagi kiyimda bo‘lgan va binoga orqa eshikdan kirgan. Ularning ta’kidlashicha, shundan keyin kamida 20 ta o‘q ovozi eshitilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma ichki nizo sababli yuz bergan va terrorchilik bilan bog‘lanmagan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: youtube, otishma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя