Главная » 2017 » Июль » 4 » YouTube yulduzi Stivi Rayan o‘z joniga qasd qildi
17:21

YouTube yulduzi Stivi Rayan o‘z joniga qasd qildi


YouTube’dagi kanali orqali mashhurlarni parodiya qilib kelayotgan Stivi Rayan vafot etdi. Aktrisaning yoshi 33 da bo‘lib, uning murdasi Los-Andjelesdagi xonadonlardan birida topilgan. Ekspert xulosasiga ko‘ra, Stivi Rayan o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kunlarda Rayan o‘ta tushkun ahvolda bo‘lgan va o‘tgan chorshanba bobosi vafot etganini aytgan. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda bobosiga yuzlanib, yaqin orada marhum bobosi bilan ko‘rishishga borishini va’da qilgan.

Ta’kidlash joizki, Stivi Rayanning YouTube’dagi kanaliga 50 ming kuzatuvchi a’zo bo‘lgan, videolarning ko‘rilganlik soni esa milliontaga yetgan. O‘z videolari orqali aktrisa Jastin Biber, Kim Kardashyan va boshqa mashhurlar parodiya qilingan postlar joylashtirgan. Shuningdek, Rayan “Stevie TV” teleshousining boshlovchisi bo‘lib ham faoliyat yuritgan.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Yulduz, youtube, Stivi Rayan, o‘z joniga qasd qildi, o'ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя