Главная » 2017 » Август » 1 » «Yoz» pirogi - olma va tvorogning ajoyib uyg‘unligi
11:55

«Yoz» pirogi - olma va tvorogning ajoyib uyg‘unligi


Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog‘, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog, 160 gr. shakar, 25 gr. kartoshka kraxmali, 5-6 ta yangi olma, 4 dona tuxum, dolchin.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum va shakarni yengil ko‘pirtiring. Xona haroratida yumshatilgan sariyog‘ni qo‘shib, aralashtiring. Endi un, xamiryumshatgich va tuz solib, xamir tayyorlaymiz.

2. Xamirdan zuvala yasab, sellofanga o‘rang-da, 20-30 daqiqa muzlatkichga qo‘ying.

3. Tvorogni elakdan o‘tkazing. Tuxum, shakar va kraxmalni qo‘shing.

4. Xamirni aylana shakldagi pishiriq qog‘ozi joylangan qolipga solib, qo‘lingiz bilan yoying, keyin atroflarini ko‘tarib chiqing.

5. Xamir ustidan tvorogli aralashmani solamiz. Yuzasiga yarim oy shaklida to‘g‘ralgan olma bo‘laklarini joylab, dolchin seping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soatda pishadi. Pirogni sovitgach, 1 soat muzlatkichga qo‘ying.

8 kishilik

2 soat


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: ajoyib uyg‘unligi, tvorog, Yoz» pirogi, Olma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя