Главная » 2018 » Май » 31 » Yozning birinchi kuni jazirama bilan boshlanadi
21:34

Yozning birinchi kuni jazirama bilan boshlanadi


O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 1 iyun kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +17 daraja, kunduzi +33 ... +35 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +33 ... +38, Urganchda kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +37 ... +42 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +30 ... +35 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +15 ... +20, kunduzi +33 ... +38 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя