Главная » 2017 » Сентябрь » 4 » YPX nazoratchilari “Million”ga qarshi: Davron Kabulov 5 yilda ilk bor guvohnomasini oldirdi, jamoaning boshqa a’zolari jarima maydonchalarin
16:36

YPX nazoratchilari “Million”ga qarshi: Davron Kabulov 5 yilda ilk bor guvohnomasini oldirdi, jamoaning boshqa a’zolari jarima maydonchalarin


“Million” kulgu jamoasining so‘nggi konserti dasturi disklari sotuvga chiqib, YouTube tarmog‘ida paydo bo‘lganidan so‘ng, yo‘l-patrul xizmati xodimlari jamoa a’zolariga nisbatan qattiqqo‘llikni oshirgan. Bu haqda jamoa a’zosi Davron Kabulov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, avvallari mayda qoidabuzarliklar uchun shunchaki og‘zaki ogohlantirib, so‘ng hujjatlarini qaytarib bergan yo‘l nazoratchilari yaqinda, konsert disklari sotuvga chiqqanidan so‘ng uning haydovchilik guvohnomasini olib qo‘ygan. Ilk bor rulga 13 yoshimda o‘tirganman. Otam erkak kishiga kerak bo‘ladigan ishlarni puxta o‘rganishim uchun bolaligimdan qattiq kirishganlar. Haydovchilik guvohnomamni kamdan-kam oldiraman. 17 yil ichida to‘rt yo besh marta oldirgan bo‘lsam kerak.

Ko‘pincha, yo‘l-patrul xizmati xodimlari tanib qoladi va, mayda qoidabuzarlik bo‘lsa, ogohlantirib qo‘yib yuboradi. Ba’zilari esa 20—30 daqiqa gapga solib, oxirida: “Muomalang yoqdi”, deb hujjatlarni qaytaradi.

Ammo “Million”ning so‘nggi konserti diski sotuvga chiqqanidan keyin hech qanday muomala yordam bermayapti. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari konsertdan so‘ng bizga qarshi “urush” ochgan — 5 yildan beri oldirmagan guvohnomamni yaqinda qo‘limdan olib, darhol yozishga tushishdi. Salomlashishga ham ulgurmadim (kulib).

Sahnadagi hazilni jiddiy olib, yo‘q joydan dori qutichasini tekshirishga, old chiroqning yorug‘ini o‘lchashga kirishib ketadiganlari ham yo‘q emas. Men-ku mayli, jamoamizning qolgan a’zolari konsertdagi hazillardan keyin jarima maydonchalarining “doimiy” mehmoniga aylanib qolishdi (kulib).

Davron Kabulov, “Million” kulgu jamoasi a’zosi

“Million”ning so‘nggi konserti Toshkent shahri chorrahalarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kuzatuv kameralari ishga tushgani (15-mart)dan so‘ng — aprel oyida bo‘lib o‘tgan edi. Konsertda kameralar ishga tushganidan so‘ng go‘yoki noqonuniy daromad manbalaridan quruq qolgan YPX xodimlari hajv ostiga olingan.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: “Million”ga, jamoaning boshqa a’zolari jarima ma, yilda, nazoratchilari, qarshi:, Davron, ilk, borguvohnomasini oldirdi, YPX, Kabulov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя