Главная » 2021 » Январь » 11 » Yulduz, Ozoda va boshqa mashhur xonandalarning Toshkentdagi “birrov”lari narxi qancha?
21:36

Yulduz, Ozoda va boshqa mashhur xonandalarning Toshkentdagi “birrov”lari narxi qancha?


O‘zbek qo‘shiqchilari bitta xizmatdan qancha haq olishlari ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak. Jurnalist Nargiza Murodova taniqli san’atkorlar poytaxtdagi “birrov”larga qanchaga borishi bilan qiziqdi.

Yulduz Usmonova

O‘zbek estradasining primadonnasi poytaxtdagi “birrov”larga 2000 AQSh dollaridan kamiga bormaydi. Bu haq evaziga 6 ta qo‘shiqni ijro etib, to‘y egalarining kayfiyatini ko‘taradi.

Ozoda Nursaidova

U poytaxtdagi to‘ylarda ko‘p ko‘rinmaydi. Uni ko‘proq qo‘shni respublikalar va viloyatlarga taklif etishadi. Poytaxtdagi “birrov” 1000 AQSh dollarini tashkil etsa, chekka viloyatdagi xizmat haqi bundan ham qimmatroq.

Munisa Rizayeva

Toshkent shahrida to‘ylarda faollikni qo‘ldan boy bermaydigan Munisa Rizayeva “birrov”ga 800 AQSh dollaridan kamiga kirmaydi. Bir kunda kamida 2 ta xizmati bo‘lgani uchun to‘rtta qo‘shiqni ijro etish bilan kifoyalanadi.

Ulug‘bek Rahmatullayev

Uning “birrov” narxi ham Munisa Rizayevaning gonorari bilan bir xil. U ham 800 AQSh dollari evaziga tashrif buyuradi. Faqat to‘yxonadagi muxlislar talabi bilan qo‘shiq sonini bir nechtaga ko‘paytirishi mumkin.

Rayhon G‘aniyeva

Rayhon G‘aniyeva esa poytaxtdagi “birrov”larga 700 AQSh dollari evaziga tashrif buyuradi. Repertuaridagi beshta eng xit qo‘shig‘ini ijro etadi.

Mavluda Asalxo‘jayeva

Ustoz san’atkor Mavluda Asalxo‘jayeva to‘y xizmatlari borasida yoshlardan ortda qolmaydi. Uning poytaxtdagi “birrov”larga 600 AQSh dollariga tashrif buyuradi va ulardan farqli o‘laroq davrani 8 ta qo‘shiqni ijro etmay tark etmaydi.

Alisher Fayz

Alisher Fayz ham “birrov”larga 600 AQSh dollariga tashrif buyuradi hamda 5-6 ta qo‘shiq ijro etadi.

Shohruhxon

Shohruhxon poytaxt to‘ylarining qiroli hisoblanadi. Talabgirlik borasida unga havas qilish mumkin. U 600 AQSh dollari evaziga beshta qo‘shiq ijro etadi.

Shohjahon Jo‘rayev

U poytaxt to‘ylariga 600-650 AQSh dollari evaziga tashrif buyuradi. Kamida beshta qo‘shiqni ijro etmay, to‘yxonani tark etmaydi.

Sevinch Mo‘minova

Sevinch Mo‘minovani deyarli poytaxt to‘ylarida uchratmaysiz. U viloyatdagi xizmatlarda ancha faolroq. Poytaxtdan “birrov” chiqsa rad etmaydi va 500 AQSh dollari evaziga 4-5 ta qo‘shiqni ijro etadi.

Nilufar Usmonova

Nilufar Usmonova esa 500 AQSh dollari evaziga 5 ta qo‘shiq ijro etadi. Bu har bir qo‘shiq 100 AQSh dollari degani.

Ziyoda

Uning gonorari Nilufar Usmonova bilan bir xil. Uning ham “birrov”lari 500 AQSh dollari. Faqat qo‘shiqlar soni borasida muxlislar talabini inobatga oladi.

Zohirshoh Jo‘rayev

Jo‘rayevalar sulolasining kenja vakili Zohirshoh Jo‘rayev poytaxtdagi “birrov”larga 400 AQSh dollariga tashrif buyuradi.

Dildora Niyozovaning gonorar haqqi ham shunday.

Malika Ravshanova

Darvoqe, keyingi vaqtlarda Instagram’da xonanda Malika Ravshanovaning tavallud ayyomlardagi ishtiroki aks etgan videolarni ko‘p uchratyapmiz. Xo‘sh, xonanda bunday “yangicha” marosimlarga qancha haq evaziga boradi? Bu savolga xonandaning ma’muri 250 AQSh dollari deb javob berdi.

Izoh: Xonandalar to‘ylardan oladigan pulining bir qismini prodyuserlik firmasi yoki ma’mur oladi. Xizmat haqqida sozandalar va DJning ham ulushi bor.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Mashhur, narxi, Yulduz, birrov, Ozoda, xonandalarning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя