Главная » 2017 » Июль » 22 » Yulduz Rajabova instagram`da qo‘pol izoh qoldiradigan yigitlardan nolidi
19:38

Yulduz Rajabova instagram`da qo‘pol izoh qoldiradigan yigitlardan nolidi


Aktrisa Yulduz Rajabovaning erta tongdan kayfiyati buzildi.

“Tong xayrli bo‘lmaydi, deb yozadi aktrisa.—Rostini aytsam, meni insonlarning mana shunday reaksiyasi hayratga soladi. Qiziq, ularning muammosi nimada? Nafaqat menda, balki ko‘pchilikda bunaqa xunuk izohlarga duch kelyapmiz. Yoki hammasini belgilab, ko‘rsatish kerakmikan? Qiziq, bu insonlar o‘zlari yozgan izohni qaytib o‘qirmikan? Yoki shunchalik terilari qotganmikan? Qiz bolami u, o‘g‘il bolamianglab bo‘lmaydi. Nahotki shu darajada “tarbiyali”bo‘lishsa, yana “o‘zbeksanu ruscha yozib nima qilasan?” degan izohlarning siyqasi chiqib ketgan. Hurmatli do‘stlar, Ollohimga shukur tillarni bilamiz va qaysi tilda izoh qoldirishni, maylimi o‘zimiz hal qilsak.. Insonni xurmat qilib birinchi sizlashni o‘rganish kerak.. Sizlashni xohlamaysizmi? Qaysidir insonni xushlamaysizmi? A unda instagram tarmoqlarida uni o‘qimang. Bitta (leviy) profil ochvolib , qo‘rqoqqa o‘xshab izohlar qoldirmang. Juda ham achinarlisi, bu ishni ko‘pincha yigitlar qilishmoqda. Biz aqllimizmi - aqlli emasmizmi bu muhim emas.! Muhimi sizlar aqlli bo‘lsangiz bo‘lgani..”


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Instagram, izoh qoldiradigan, yigitlardan nolidi, Yulduz Rajabova, qo‘pol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя