Главная » 2017 » Апрель » 22 » ​Yulduz Usmonova ogohlantiradi!
10:24

​Yulduz Usmonova ogohlantiradi!


Mashhur san`atkorlar va shaxslar nomidan soxta akkauntlar ochib, ularni go`yo uning o`zinikiday boshqarish internetda keng tarqalgan odatiy holatlardan biriga aylangan.

Ayni kunlarda “Istiqlol” san`at saroyida o`zining konsert dasturini taqdim etayotgan O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o`zining klon akkauntidan ogohlantirdi.

“Diqqat! Bu akkaunt klon

Hurmatli muxlislar! Yana bir bor eslatib o`tamiz Instagrammda yulduzusmonova akkauntining Yulduz Usmonovaga hech qanday aloqasi yo`q. Fotomateriallarga diqqat bilan qaralsa barchasida suv belgilari o`chirilgan. Instagramdagi folloverlar soniga e`tibor qilmang, barcha sharhlarga soxta Yulduz Usmonova javob qaytaradi. Yulduz Usmonovani rasmiy tarmoqlarida san`atkorning barcha suratlariga suv belgilari qo`yilgan. Bizning barcha rasmiy saxifalar bizning rasmiy saytimizda ko`rsatilgan.”


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ​Yulduz Usmonova, ogohlantiradi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя