Главная » 2021 » Август » 7 » Yulduz Usmonova prezident saylovida kimga ovoz berishini aytdi
15:28

Yulduz Usmonova prezident saylovida kimga ovoz berishini aytdi


O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, xonanda Bunyodbek Saidov hamda yana bir necha san’atkorlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining badiiy qismida chiqish qilish uchun Turkmanistonda bo‘lib turibdi. Bunyodbek Saidov Instagram sahifasi orqali jonli efir tashkillashtirib, kuzatuvchilarini Yulduz Usmonova bilan yuzlashtirdi. Jonli efirda Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi, shuningdek, ular so‘ragan qo‘shiqlarni ham kuylab berdi. O‘zbekiston xalq artisti o‘z navbatida kutilayotgan prezidentlik saylovlarida kimga ovoz berishi haqida ham gapirib o‘tdi.

«Men bu borada bir narsani aytib qo‘yay. Prujinani bosib-bosib, qo‘yib yuborsang, u uzoqqa otilib ketadi. Mana hozir tobora rivojlanyapmiz, balki O‘zbekiston uchun yashab o‘tgan kunlarimiz kerak bo‘lgandir. Hozir bizda shunaqa o‘sish ketyapti, hamma joy chiroyli, odamlar erkin, ular nima o‘ylashidan, qanday fikr bildirishdan qo‘rqmayapti. Bu juda yaxshi. Haqiqatan ham, hammasi yaxshi. Agar paxta qo‘ya olganimda, qalinidan qo‘yardim.

Shunchaki, Alloh rizoligi uchun minnatdorchiligimni aytmoqchiman. Menga endi ishonmaysizlar, agar Allohga ham ishonmasanglar, o‘zlaring bilasizlar. Poshshoyimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Duolarimda shu odam. Hoji ota, hoji onalar, hoji aka, hoji opalar, qizlarimiz bor ibodatdagi — hammalaring duo qilinglar. Shu odam mana shu ketishda uyoq-buyoqqa burilmay, mana shunday ketaversinlar. Demokratiyamiz shunday ketaversin.

Men shunday qo‘rqaman buzilib qolmasin yo‘limiz, mashinamiz tormoz olib, tutab qolmasin, deb. Hozir yaxshi ketyapmiz. Shuning uchun mana shu saylovda men shu odam bilanman. Juda yaxshi odam. Ko‘z tegmasin! Yurtimizga, erkinligimizga ko‘z tegmasin, duo qilinglar. U odamni ham duo qilinglar — poshshoyimizni, charchab qolmasin. Nazar charchatadi. Nazar bizni charchatib yiqitadi-yu, Alloh yomon ko‘zlardan asrasin», — deydi Yulduz Usmonova.

Yulduz Usmonova 2018 yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Prezident, ovoz, yulduz usmonova, saylovida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя