Главная » 2017 » Март » 24 » Yulduz Usmonovaning konserti kunlariga yana bir kun qo‘shildi
14:04

Yulduz Usmonovaning konserti kunlariga yana bir kun qo‘shildi


Bir necha kun avval, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 10 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etayotgani, 11-23 aprel kunlariga belgilangan konsert dasturiga yana bir kun qo‘shilgani haqida xabar bergandik.

Yulduz Usmonovaning konsert dasturi kunlari yana bir kunga uzaytirildi. Endilikda, konsert dasturi 10 apreldan emas, 9 apreldan boshlanadigan bo‘ldi. Bu haqda bizga Usmonovaning ma’muri Sherzod Hakimov xabar qildi.

Ma’lumot uchun, konsert chiptalarining bahosi balkon uchun 20 mingdan 30 ming so‘mgacha, parter o‘rindiqlarining bahosi 50 mingdan 250 ming so‘mgacha yetib belgilangan.

“Istiqlol” san’at saroyidan berilgan ma’lumotlarga qaraganda, 10 aprel kuniga belgilangan konsertning parter uchun chiptalari sotib bo‘lingan. Kassada faqatgina balkon uchun chiptalar sotilmoqda.

“Istiqlol” atrofidagi “qora bozor”da 250 ming so‘mlik chipta narxlari 350 minggacha chiqqan.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Yulduz Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя