Главная » 2018 » Апрель » 25 » Yulduz Usmonovaning yangi videosini ko‘rdingizmi? (video+foto)
13:08

Yulduz Usmonovaning yangi videosini ko‘rdingizmi? (video+foto)


O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ayni kunda qizg‘in ijod pallasida...

U yaqindagiga “Tut qo‘limdan” qo‘shig‘iga videoklip suratga oldirdi. U trek va syujet yo‘nalishidagi klip — romantik va ta’sirchan voqealar ustida qurilgan.

Unda bosh qahramonlar rolini Rihsitilla Abdullaev va Dilnoza Kubayevalar ijro etishgan.

Rejissyor Jonrid Sagdiev, tasvirchi Hojiakbar Hojiev.

“Tut qo‘limdan”ning premerasi tez kunlarda bo‘lib o‘tadi.

Darvoqe, kuni kecha el suygan xonanda Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar bilan bo‘lgan suhbat va jonli ijrosi tasvirlangan lavhalar internet tarmog‘ida juda tez ommalashdi.

Uni sizga ham ilindik.

Shuningdek, xonanda haqida yana bir ma’lumot. O‘zbekiston xalq artisti yoz oyida O‘zbekiston bo‘ylab gastrol safariga otlangan. U bahor oyida o‘tgan "Sen va men uchun" deb nomlangan konsert dasturi bilan yurtimizni sayohat qilib chiqadi. Aniqrog‘i, konsert dasturi 12 iyul Nukus shahridagi "Turon" o‘yingohi, 13 iyul Buxoro shahridagi "Buxoro arena" o‘yingohi, 14 iyul Navoiy shahridagi "Yoshlik" o‘yingohi, 15 iyul Samarqand shahridagi "Dinamo" o‘yingohi, 16 iyul Qarshi shahridagi "Nasaf" o‘yingohi, 17 iyul Jizzax shahridagi "Sug‘diyona" o‘yingohi, 20 iyul Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" o‘yingohi, 21 iyul Andijon shahridagi "Sog‘lom avlod" o‘yingohi, 22 iyul Namangan shahridagi "Navbahor" o‘yingohi, 23 iyul Bekobod shahridagi "Metallurg" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя