Главная » 2017 » Июнь » 9 » YuNISEF Jasurbek Ibrohimov voqeasini keskin qoraladi
15:17

YuNISEF Jasurbek Ibrohimov voqeasini keskin qoraladi


Shu yilning, 1 iyun kuni Toshkentdagi P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining 2-kurs o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov kaltaklanish natijasida vafot etgani haqida xabarbergandik.

YuNISEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi.

“1 iyun kuni vafot etgan Toshkent Tibbiyot kolleji o‘quvchisi 17 yoshli Jasurbek Ibrohimov oilasiga chuqur va samimiy ta’ziya izhor etamiz. O‘quv muassasalaridagi bezorilik masalasi dunyo miqyosida borgan sari tashvishli masalaga aylanib bormoqda va har kuni turli joylarda bolalarni zo‘ravonlik qurbonlariga aylantirmoqda.

Dunyoda juda ko‘p odamlar o‘quv muassasalaridagi bolalarga nisbatan zo‘ravonlikdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga zo‘ravonlikka uchragan bolalarda bu to‘g‘risida ochiqcha gapirish, o‘zlari uchun xavfsiz muhit va ishonchli vosita bo‘la olmaydi. Bu kabi holatlarni hal etish uchun o‘qituvchi va ota-onalarni o‘qitish, bolalarni zo‘ravonlikning barcha turlaridan himoya qiluvchi odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash singari yo‘llar mavjud.

Tengdoshlar orasida jismoniy va og‘zaki shakllardagi bezorilik mamlakatlar bo‘ylab keng tarqalgan. Xo‘rlash va ijtimoiy jihatdan chetlatish singari bilvosita bezorilik ham bolalarni xavf ostiga qo‘yadi. Bezorilik xulq-atvori ko‘pincha jamiyatda muayyan guruhlarga nisbatan ustunlik, isnod va kamsitishni aks ettiradi.

Ijtimoiy dinamika vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi hamda internet va uyali telefon singari axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘sib borayotgani bois bolalar xo‘rlashning yangi shakllariga tobora duch kelmoqdalar.

YuNICEF bezorilik masalasini hal etishda dunyodagi ko‘pgina mamlakatlarga yordam bermoqda.

Quyidagi oltita strategiya ko‘pgina mamlakatlarda foydali deb topildi:

1) ota-onalar, bolani parvarish qiluvchilar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash;

2) bolalar va o‘smirlarga xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishni boshqarishda yordam berish;

3) zo‘ravonlik va tahqirlashga olib keluvchi munosabat va ijtimoiy normalarni o‘zgartirish;

4) muallimlar va rasmiy shaxslarni bolalarga tegishli xizmat ko‘rsatish borasida o‘qitish;

5) bolalarni himoya qiluvchi qonun va siyosatni amalga oshirish;

6) ma’lumotlarni yig‘ish va tadqiqotlar o‘tkazish.

YuNICEF bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha turlariga, jumladan, ta’lim muassasalarida bezorilikka qarshi kurashda hukumatning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tayyor”, deb yozilgan tashkilot bayonotida.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Voqea, qoraladi, Jasurbek Ibrohimov, YuNISEF, Keskin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя