Главная » 2020 » Сентябрь » 15 » Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari 3,5 yilga qamaldi
14:29

Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari 3,5 yilga qamaldi


Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Rahmonbek Usmonovning o‘rinbosari poraxo‘rlikda ayblanib, 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Inson va qonun” gazetasining joriy yil 8 sentyabrdagi sonida yozilgan. 

2019 yilning yanvar oyidan Yunusobod tumani hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan E.Z. sud qarori bilan 3,5 yilga ozodlikda mahrum etilgan. 

U o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha tuman komissiyasi raisi bo‘lgan. 

E.Z. o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joy ob’ektiga mulk huquqini berish evaziga fuqaro R.M.dan 5 000 AQSH dollari pora talab qilgan. Hokimlik vakili, DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ko‘rsatilgan miqdordagi porani olayotganda ushlangan. 

Eslatib o'tamiz, Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov ham 2018 yilning sentyabr oyida poraxo‘rlikda ayblanib hibslangan edi. 2019 yilning 13 may kuni unga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Sud Baxtiyor Abdusamatovni 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bo‘yicha aybdor deb topdi. U 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni manzil koloniyada o‘tashi belgilab qo‘yildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yunusobod tumani, qamaldi, hokimi, o‘rinbosari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя