Главная » 2020 » Июнь » 20 » Yunusobodda o‘tkazilgan to‘y kelin va 12 nafar ishtirokchini koronavirusga chalinishiga sabab bo‘ldi
21:33

Yunusobodda o‘tkazilgan to‘y kelin va 12 nafar ishtirokchini koronavirusga chalinishiga sabab bo‘ldi


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro ikki nafar farzandini to‘rt kun ichida ketma-ket nikoh to‘yini o‘tkazdi. Ushbu to‘y tufayli kelin va 12 nafar marosim ishtirokchisi koronavirusga chalinadi. Ayni paytda ko‘plab odamlar ushbu infeksiyani yuqtirib olganlikda gumon qilinib, tahlil natijalarini kutmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Hozirda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ishtirok etgan va ular bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar, o‘nlab oila a’zolari COVID-19 ga tahlil olinib, statsionar va uy karantinida tibbiy kuzatuvga olindi. Epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Toshkentda o‘tkazilgan tug‘ilgan kunda ishtirok etgan 13 kishi koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, Samarqandda aza marosimi chog‘ida koronavirus yuqtirib olish holati qayt etilgan.

“Ko‘rib turganingizdek, ehtiyot choralari ko‘rilmas ekan, ba’zi holatlarda tug‘ilgan kun, to‘y va boshqa shu kabi tadbirlar fuqarolarning ommaviy kasallikni yuqtirib olishiga sabab bo‘lmoqda. Bu barchamizdan zarurat bo‘lmaganda ommaviy va oilaviy tadbirlar o‘tkazishdan hamda unda ishtirok etishdan vaqtinchalik tiyilib turishimiz kerakligini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘zimiz va yaqinlarimizning salomatligi uchun bebaho qoida ekanligini unutmasligimiz kerak”, — deb ogohlantiradi SSV.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yunusobodda, koronavirusga chalinishiga, sabab bo‘ldi, Kelin, o‘tkazilgan to‘y | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя