Главная » 2018 » Апрель » 26 » Yunusobodda Spark salonidan erkak jasadi topildi
21:12

Yunusobodda Spark salonidan erkak jasadi topildi


25 aprel, chorshanba kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida mashina salonidan jasad topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 07:30 larda, Posira ko‘chasida Spark avtomashinasi o‘rindig‘idan avtomashina egasi, Markaz-6 dahasi 89-uy 46-xonadonda yashagan, 42 yoshli D.Ilyasovning o‘lik holatdagi jasadi topilgan.

Tekshiruv natijasida D.Ilyasov nafas yo‘li qusish moddasi bilan berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan vafot etganligi aniqlangan.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Erkak, jasadi topildi, Salon, Spark, Yunusobod | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя