Главная » 2020 » Январь » 5 » Yuqori qon bosimini tushirish uchun eng yaxshi sharbat ma'lum qilindi
10:38

Yuqori qon bosimini tushirish uchun eng yaxshi sharbat ma'lum qilindi


Xelsinki universiteti olimlari brusnika sharbatini gipertoniklarda yuqori qon bosimini tushirish uchun eng yaxshi ichimlik deb atashdi. Bu haqda MedicalXpress nashri yozadi.
 
Mutaxassislar buni bilish maqsadida yuqori qon bosimi – gipertenziyaga ega tajriba kalamushlarida tadqiqot o‘tkazishdi.
 
Kalamushlarga klyukva, qora smorodina va brusnika sharbatlari berilgan. Ushbu rezavorlarda yurak-tomir xavfini kamaytiruvchi va yurakka ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi polifenollar mavjud.
 
Tadqiqotda brusnika sharbati qon bosimini eng yaxshi tushirishi va uning yosh bilan bog‘liq oshishiga qarshilik ko‘rsatishi o‘rnatilgan.
 
Ta'kidlanishicha, brusnika shrbati kalamushlarda aorta tomiridagi yallig‘lanish bilan bog‘liq genlar ekspressiyasi oldini olgan.

Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя