Главная » 2020 » Август » 8 » Yuqori qon bosimini tushirishning eng yaxshi choralari
10:23

Yuqori qon bosimini tushirishning eng yaxshi choralari


Har uchta odamdan birida qon bosim yuqori ekanligi kuzatiladi. Qonning sistolik (yuqori) va diastolik (past) bosim miqdorlari yurakning qon tomirlar oqimiga qanchalik qarshilik ko‘rsatayotganini belgilaydi. “Domashniy ochag” nashri qon bosimini tushirishda yordam beradigan bir necha tavsiyalarni keltirdi.

Qon bosimi 120/80 mm bo‘lsa, normal hisoblanadi. 130/80 mm yoki undan yuqori daraja shifokorlarni xavotirga soladi. Agarda qon bosimingiz shu raqamlar oralig‘ida bo‘lsa, unda sizda gipertoniya xavfi mavjud.

Faollikni oshiring va ko‘proq mashq qiling

2013-yilda olimlar qiziqarli tadqiqot o‘tkazdi. Unda faol bo‘lmagan qariyalar ishtirok etdi. Qariyalar aerobik mashqlarni bajarganda qon bosimi 4-5 millimetrga tushdi.

Aerobik mashqlar yuragingiz chastotasini tezlashtiradi va arteriyadagi bosimni pasaytiradi. Mashqlarni haftasiga 3-4 marta 40 daqiqa davomida bajarish tavsiya etilgan. Siz ham kunlik rejangizga zinadan ko‘tarilish, o‘n ming qadam sayr qilish, velosiped minish va raqsga tushishni kiriting.

Olimlar muntazam gimnastika qon bosimini 10-15 mmga tushirishini isbotlagan. 

Ortiqcha vaznni yo‘qotishga harakat qiling

Agarda siz ortiqcha vaznga ega bo‘lsangiz, hatto 2-5 kilogrammni yo‘qotish bilan ham qon bosimni tushirish mumkin. Bonus sifatida siz sog‘liq uchun boshqa xavflarni ham kamaytirasiz.

Shakar va uglevodlarni kamaytiring

Ko‘pgina tadqiqotlar shakar va uglevodlarni kamaytirish nafaqat og‘irlik, balki qon bosimini kamaytirishga ham yordam berishini isbotlagan. Olimlarning aniqlashicha, uglevodli parhezdan foydalanganda qon bosimi 4-6 mmga kamayadi.

Ko‘proq kaliy va kamroq natriy iste’mol qiling

Ko‘proq kaliy va kamroq natriy iste’mol qilish qon bosimini tushirishda yordam beradi. Kaliy qon tomirlari tarangligini kamaytiradi. Ammo kaliy miqdorining ko‘payishi buyrak kasalligidan aziyat chekuvchilar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Sut mahsulotlari, baliq, banan, o‘rik, apelsin, kartoshka, pomidor, ismaloq — kaliyga boy mahsulotlardir.

Qayta ishlangan taomlarni kamroq iste’mol qiling

Organizmda ortiqcha tuz, asosan, qayta ishlangan yoki tez pishar ovqatlardan kelib chiqadi. Sushi, pitssa, chips va shu kabi mahsulotlar orqali ko‘p miqdorda natriy tanamizga kiradi.

Chekishni tashlang

Chekishni tashlash nafaqat gipertoniya, balki butun tana sog‘lig‘i uchun ham foydali. Tamaki tarkibidagi moddalar qon tomir devorlariga shikast yetkazish orqali qon bosimini ko‘tarib, arteriyalarning yallig‘lanishi va torayishiga olib keladi. 

Stress miqdorini kamaytirishga harakat qiling

Stressning yurak-qon tomir tizimiga zarari katta. Stress bilan kurashishning turli usullari mavjud. Masalan, chuqur nafas olish, piyoda sayr qilish, kitob o‘qish yoki komedik film tomosha qilish.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har kuni musiqa tinglash yuqori qon bosimini kamaytiradi. 

Yoga bilan shug‘ullaning

Yoga bilan shug‘ullanish yuqori qon bosimini tushirishda juda foydali. Olimlar yoga mashqlari qon bosimini 3,5-4 mmga tushirishini isbotlagan.

Qora shokolad iste’mol qiling

Qora shokolad haqiqatan ham qon bosimini kamaytiradi. Buning uchun shokoladda 60-70 foiz kakao bo‘lishi kerak va kuniga 1-2 bo‘lak iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Dorivor o‘simliklarni sinab ko‘ring

Dorivor o‘simliklar gipertoniyani nazorat qilishda juda samarali bo‘lishi mumkin. Albatta, shifokor bilan maslahatlashishni unutmang.

Qon bosimini tushirishda foydali dorivor o‘simliklarga quyidagilar kiradi: qora kashtan, zanjabil ildizi, kunjut yog‘i va choy barglari.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: tushirishning, Yuqori qon bosimini, eng yaxshi choralari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя