Главная » 2021 » Февраль » 26 » Yuqoriga o‘sish: O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi qanchaga yetgani ma’lum qilindi
21:24

Yuqoriga o‘sish: O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi qanchaga yetgani ma’lum qilindi


Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 40,4 foizni tashkil etgan. Bu haqda Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida qayd etib o‘tilgan. 

Xususan, 2020 yil yakuniga ko‘ra davlat tashqi qarzi 5,4 mlrd dollarga yoki yil boshiga nisbatan 34,4 foizga oshib, joriy yil 1 yanvar holatiga 21,1 mlrd dollarga yoki YAIMga nisbatan 36,5 foizga yetgan.

Shundan:

  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 15,1 mlrd dollar;
  • davlat kafolatlagan tashqi qarz – 6,0 mlrd dollar. 

Davlat ichki qarzi 23,3 trln so‘mni (2,2 mlrd dollar) yoki YAIMga nisbatan 3,9 foizni tashkil etgan.

Shundan:

  • davlat qimmatli qog‘ozlari – 4,0 trln so‘m (0,4 mlrd dollar);
  • davlat kafolatlagan ichki qarz – 19,3 trln so‘m (1,8 mlrd dollar).

Qayd etilishicha, davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YAIMga nisbatan 40,4 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YAIMga nisbatan 36,5 foiz) mo‘’tadil darajada saqlanib qolmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonning, tashqi, qarzi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя