Главная » 2021 » Июнь » 14 » Yurak hurujiga uchragan Kristian Eriksen salomatligi haqida ma’lumot berdi
11:49

Yurak hurujiga uchragan Kristian Eriksen salomatligi haqida ma’lumot berdi


"Inter" va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Yevro-2020 doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘yindagi yurak hurujidan so‘ng ilk bor intervyu berdi.

"Barchaga rahmat, men hech qachon taslim bo‘lmayman. Hozir yanada yaxshiroqman, ammo nima bo‘lganini eslashni istamayman. Men uchun harakat qilganlarning barchasiga minnatdorlik bildirmoqchiman", dedi Eriksen.

Ma’lumot uchun, daniyalik futbolchi Yevro-2020 doirasida Daniya-Finlchndiya (0:1) o‘yini paytida yurak hurujiga uchrab, hushini yo‘qotgandi. Futbolchilar va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan shifokorlarnig dastlabki yordami sababli uning hayoti saqlab qolingan edi.

"Tottenxem" klubining sobiq bosh shifokori Sanjay Sharma esa, Eriksenning sog‘ligida avval nuqson bo‘lmagani va bu holat koronavirus bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, virus yurakda mayda chandiqchalar hosil qiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Yurak, salomatligi, hurujiga, Kristian Eriksen | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя