Главная » 2017 » Январь » 26 » Yurak xurujiga chalingan Muqaddas Xoliqova boshqa shifoxonaga o‘tkazildi
08:33

Yurak xurujiga chalingan Muqaddas Xoliqova boshqa shifoxonaga o‘tkazildi


Avvalroq, o‘zbek teatr va kino san’atining taniqli ijodkori, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning ikkinchi bor yurak xurujini boshidan o‘tkazgani, Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik. 

Oradan ko‘p o‘tmay, Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebiniso ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali onasining ahvoli haqida ma’lumot berib, 24 yanvar kuni, tunda shifokorlarning e’tiborsizligi sabab Xoliqova ko‘p qon yo‘qotgani, qon bosimi tushib ketib, salomatligi yanada og‘irlashgani haqida yozdi va shifokorlarni inson salomatligi yo‘lida o‘z ishiga yanada e’tiborliroq bo‘lishga chaqirdi. Shifokorlarga nisbatan e’tirozlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan o‘chirib yuborgan Zebiniso uni takror tarmoqqa joylashtirdi. Bu holatga nisbatan “Oldiniga ko‘p o‘yladim, ayrim tibbiyot xodimlarining mas’uliyatsizligini yozmasammikin deb. Lekin nega indamasligim kerak? Yozaman ham. Ba’zi shifokorlar juda mas’uliyatsiz, ayniqsa, hamshiralar.  Shifokorlar qaraydi, davolaydi. Biroq ayrim hamshiralarning layoqatsizligi bemorlarning og‘ir ahvolga tushishiga sabab bo‘ladi”, deydi Xoliqovaning qizi. 

Shundan so‘ng tahririyatimiz xodimlari O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning ahvolidan xabar olish maqsadida uning qizi Zebiniso bilan bog‘landi. Zebinisoning bizga ma’lum qilishicha, Muqaddas Xoliqova kecha, 24 yanvar kuni tushdan so‘ng 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limini tark etib, Toshkentdagi  Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. 

Ayni damda Xoliqovaga qo‘yilgan tashxis bo‘yicha shifokorlar davo choralarini ko‘rishmoqda. Aktrisaning qachon jonlantirish bo‘limidan chiqarilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Muqaddas Xoliqovaning qizi biz bilan suhbatda Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasi xodimlari va onasining muxlislari, do‘stlariga minnatdorchilik bildirdi. 

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning tezroq sog‘ayib, jonajon teatri sahnasiga qaytishini tilab qolamiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Muqaddas Xoliqova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя